• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Tarjima

Tarjima xizmatlari juda ham turlichadir. Har qanday matn -  yozma yoki og‘zaki, adabiy yoki texnik bo‘lsin – tarjima qilinishi mumkin. Tarjima og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki tarjima sinxron va ketma-ket tarjimaga bo‘linadi. Sinxron tarjimada tarjimon ma’ruzachi bilan bir vaqtda gapiradi. Tarjimaning ushbu turi katta audtoriyaga mo‘ljallangan bo‘ladi va xalqaro konferensiyalar va seminarlar o‘tkazilayotganda maxsus qurilmalarning ishlatilishini taqozo etadi. Tarjima xizmatlari ichida ushbu tarjima turi eng qimmat hisoblanishi muqarrar, chunki u tarjimondan nafaqat ona tili va chet tilini mukammal bilishni, balki tillar o‘zgarishi asnosida zarur monandliklarni bir zumda topa olish, bunda ulkan ruhiy yuklanishga bardosh berish qobiliyatini talab etadi.

Ketma-ket tarjima qilishda ma’ruzachi o‘z chiqishida tarjimon aytilgan matn bo‘lagini tarjima qilishi uchun to‘xtab olishi zarur. Ushbu tarjima turi kichikroq tinglovchilar davrasi uchun mo‘ljallangan va u hamkorlik uchrashuvlarida, majlislarda va muzokaralarda qo‘llaniladi. Ko‘pincha ketma-ket tarjima etuvchi tarjimon majburiyatiga faqat ikki inson o‘rtasidagi muloqotni tarjima etish ham kirishi mumkin.

Yozma tarjimaga kelsak, bu tarjima turi turli-tuman bo‘ladi. Uni mavzulariga qarab badiiy, texnik, yuridik, iqtisodiy va boshqalarga ajratish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Tarjima xizmatlarini odatda tarjima agentliklari taqdim etadilar.

Bugungi kunda "GMC Translation Service" Tillar tarjima Markazi tillar tarjimasi bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Bu xodimlarning yuqori professionallik darajasi, zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalanish, texnik bazaning doimiy yangilanib turishi, qat’iy tanlov tizimidan o‘tgan va yuqori malakaga ega bo‘lgan tor ixtisosli va maxsus yo‘nalishga ega bo‘lgan professional tarjimonlarning jalb etilishi bilan asoslanadi.

Bularning barchasi "GMC Translation Service" Tillar tarjima Markaziga taniqli yirik horij va mahalliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, elchixonalar, muassasalar va banklar bo‘lmish ko‘p sonli mijozlar, shuningdek bizning raqobatchilarimiz oldida o‘rinli hurmat va ishonchga sazovor bo‘lishiga imkoniyat yaratadi. Shartnoma asosida yirik tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, ijobiy fikrlar bildirilishi, yorliqlar va rasmiy tashakkurnomalar xizmatlarimizning yuqori darajadagi ishonchliligi, barqarorligi, sifati va zarurligi haqida dalolat beradi.

Ayni vaqtda "GMC Translation Service" jismoniy va yuridik shaxslarga turli hujjatlarni 127 ta chet tillariga tarjima qilish sohasida, tijorat va shaxsiy xarakterdagi hujjatlarni rasmiylashtirish, notarial va yuridik xizmat ko‘rsatish kabi faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda.




  • NEFT-GAZ MAVZUSIDAGI TARJIMALAR
    Neft-gaz mavzusidagi matnlarni tarjima qilish eng murakkab va tor ixtisoslashgan tarjimalar turiga kiradi. Neft-gaz mavzusini neft qazib olish, ushbu sohaning sug‘urta va moliya masalalari borasidagi bilimlarsiz yuqori saviyada tarjima qilib bo‘lmaydi. Bizning mutaxassislarimiz uzoq yillar davomida neft-gaz mavzusidagi matnlarni sifatli og‘zaki va yozma tarjima qilish bilan shug‘ullanib keladilar.
  • TEXNIK MAVZUDAGI TARJIMALAR
    Texnik matnlar tarjimasi o‘ziga xos xususiyatlariga ega va u yozma tarjimaning eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi. Texnik hujjatlarni savodli tarjima qilish nafaqat ana shu tilning leksikasi va terminologiyasini erkin bilishni, balki asl matnda so‘z yuritilayotgan jarayonlar va tizimni aniq-ravshan tushunishni ham talab etadi. Texnik matnlarni tarjima qilish albatta ilmiy-texnik terminologiya va maxsus leksikadan foydalanishni taqozo etadi. Bizning texnik tarjimonlarimiz turli texnik mavzular bilan ishlashda ko‘p yillik tajribaga egadirlar, buning evaziga texnik tarjimaning yuqori sifat bilan va o‘z vaqtida bajarilishiga erishiladi.
  • TIBBIY MAVZUDAGI TARJIMALAR
    Biz tibbiy preparatlarning yo‘riqnomalaridan tortib ilmiy maqolalar va monografiyalargacha istalgan murakkablikka ega bo‘lgan tibbiy mavzudagi matnlarni tarjima qilamiz. Professional tarjimonlar va muharrirlar oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lib, tibbiyotning turli sohalarida yozma tarjima bo‘yicha katta tajriba orttirganlar. Ma’lum bir buyurtmaning yo‘nalishiga qarab biz ushbu sohaga ixtisoslashgan tarjimonlar va muharrirlarni tanlab olamiz.
  • IQTISODIY MAVZUDAGI TARJIMALAR
    Iqtisodiy mavzudagi matnlar tarjimasi – tarjimaning alohida turi bo‘lib, tarjimondan maxsus bilimlar bo‘lishini talab etadi. Iqtisodiy mavzudagi tarjimani iqtisodiy nazariyani va maxsus iqtisodiyot terminologiyasini tushunmay turib savodli tarjima qilish mumkin emas. Bu kabi materiallar tarjimasi tarjimondan, avvalambor tafsilotlarga diqqatli bo‘lishni, diqqatni maksimal darajada jamlashni, ushbu sohada tarjima qilishda yuqori mas’uliyatni va chuqur bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Ma’lumotlar va raqamlarga diqqat bilan e’tibor qilish, asl matnning terminologiyasi va shakliga qat’iy rioya qilish, katta hajmdagi hujjatlar bilan sinchiklab ishlash va ehtiyotkorlik – iqtisodiy mavzularni tarjima qilishning asosiy qoidalaridir.
  • YURIDIK TARJIMALAR
    Biz mijozlarimizga yuridik xujjatlarni turli tillarga tarjima qilish xizmatini taqdim etamiz. Ko‘p yillik matonatli mehnat tufayli biz ko‘plab xalqaro yuridik firmalar, advokatlik kollegiyalari, byurolari, shuningdek yirik kompaniyalar va xorijiy tashkilotlar vakolatxonalarining yuridik bo‘limlari ishonchini qozona oldik. Biz ularning yuksak ishonchini oqlash uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solamiz. Bizning xodimlarimiz yuridik ma’lumotga hamda boy ish tajribasiga ega. Xorijda qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan yuridik mazmundagi xujjatlar tarjimasi, buyurtmachining talabiga ko‘ra til sohibi tomonidan tekshirib berilishi mumkin.
  • SHAXSIY HUJJATLAR
    Standart tarjima hamda til egasi tomonidan bajariladigan tarjimalar bilan bir qatorda, shaxsiy hujjatlarni yozma tarjima qilish xizmati «GMC Translation Service» Tillar tarjima markazining o‘z mijozlariga taqdim etuvchi xizmatlaridan biri hisoblanadi. Yillar davomida orttirilgan bilim va tajribamiz shaxsiy hujjatlar bilan ishlashning barcha nozik qirralarini inobatga olishga hamda mijozlarimizga nafaqat oddiy tarjimani, balki hujjatlarni tegishli idoralarga taqdim etishga to‘laqonli tayyorlab berishga ham imkoniyat yaratadi. Biz shaxsiy hujjatlar tarjimasining yuqori sifatiga, maxfiyligiga va o‘z vaqtida bajarilishiga kafolat beramiz.
  • WEB-SAYTLAR
    Saytlarni tarjima qilishda tarjimon oldida turlicha masalalar kelib chiqishi mumkin: masalan, reklama va badiiy matnlarga xos alohida uslubni uzata olish yoxud texnik ma’lumotlarni tarjima qilish. Sifat borasida eng yuqori talablar qo‘yiladi. «GMC Translation Service» Tillar tarjima markazi saytni mahalliylashtirish ishlarini, shuningdek mahalliylashtirilgan saytni xalqaro qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish va saytni u yoki bu brauzerda to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash maqsaddida kodlash tizimini sozlash bo‘yicha barcha ishlar ketma-ketligini bajaradi.
  • NOTARIAL ISHONTIRUV
    «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolarning shaxsiy xujjatlari va yuridik shaxslarning hujjatlarini notarial ishontiruvini sifatli va tezkor ravishda bajaradi. Hujjatlarni notarial ishontiruvi oddiy yoki tezlashtirilgan rejimda amalga oshirilishi mumkin. Davlat yoki yakka tartibdagi notarius tomonidan hujjatning fotonusxasi aslligi, tarjimaning to‘g‘riligi va tarjimonning imzosi tasdiqlanadi. Notarial ishontiruv notarius tomonidan ASOSLANGAN HOLDA, TEZKOR va MALAKALI tarzda bajariladi.
  • Sinxron va <br>ketma-ket tarjima
    Ma’lumki, xalqaro muzokaralar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarning muvaffaqiyatli chiqishi tarjimalarning sifatiga bog‘liq. «GMCTranslationService» Tillar tarjima Markazining sinxron va ketma-ket tarjima qiluvchi tarjimonlari Sizning istalgan buyurtmangizni sifatli bajaradilar. Bizning mutaxassislar o‘z ishiga juda mas’uliyat bilan yondashadilar. Xususan, tarjima bialn bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasi, tinglovchilar, atamalar, tilning dialektik xususiyatlari va boshqa omillar o‘rganiladi. Bundan tashqari, ular tomonidan ishbilarmon kishining o‘zini tutishi, etiket qoidalariga rioya etiladi, ular taqdimot o‘tkazish tajribasiga egadirlar: tinglovchilarning o‘ziga va tarjima qilinayotgan hamkoriga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradilar.
  • MULTIMEDIA
    Kompaniyamiz istalgan formatdagi video va audio-materiallar tarjimasini bajaradi.
  • SHOSHILINCH TARJIMALAR
    «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazida Siz EKSPRESS TARJIMA (shoshilinch tarjima) xizmatiga buyurtma berishingiz mumkin - biz istalgan murakkablikdagi materialni mijoz uchun qulay bo‘lgan istalgan muddatda tarjima qilib beramiz. Andozaviy xujjatlarni ekspress tarjima qilish va eksprezz-xizmatlar muddatlari:
    - 30 daqiqa ichida
    - 1 soat ichida
    - Kuni-kuniga
    - notarial ishontiruv;
    - legallashtirish;
    - hujjatlarni apostillash.
  • SAHIFALASH
    Kompaniyamiz materiallarni PageMaker, InDesign, FrameMaker formatlarida sahifalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi. Sahifalash asl formatlarda bajarilishi yoxud qog‘oz yoki elektron ko‘rinishidan nusxalaridan shakllantirilishi mumkin. Tegishli ishlar tipografiya va nashriyotlarda ish tajribasiga ega bo‘lgan professional sahifalovchilar tomonidan bajariladi.
  • APOSTIL
    Qator mamlakatlar hujjatlarni legallashtirishning soddalashtirilgan amaliyoti bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuv qabul qilganlar. 1961 yil 5 oktabrda qabul qilingan ushbu kelishuv Gaaga konvensiyasi deb ataladi va u rasmiy horijiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiladi.
    Hujjatni apostillash amaliyoti ikki bosqichdan iborat:
    1) hujjat nusxasining va hujjat tarjimasining to‘g‘riligini notarial ishontiruvi
    2) maxsus apostil (APOSTILLE) shtampini qo‘yuvchi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi.
  • LEGALLASHTIRISH
    Legallashtirish – davlat hokimiyatlaridan chiquvchi yoki ushbu hokimiyatlar ishtirokida tuzilgan hujjatning ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq ekanligini tasdiqlashdir. Legallashtirish hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosining hamda vakolatlangan davlat organi muhrining haqiqiyligini tasdiqlashdan iboratdir. Konsullik legallashtirishi qator ishontiruvlar ketma-ketligidan iborat. Avval hujjatni va uning tarjimasining to‘g‘riligini notariusda tasdiqlash lozim, so‘ng Adliya Vazirligiga murojaat etilib, u yerda notarius imzosining haqiqiyligi tasdiqlanadi. Shundan so‘ng Tashqi ishlar Vazirligining konsullik xizmati departamentida Adliya Vazirining imzosi haqiqiyligi tasdiqlanadi. Bizning kompaniya hujjatlarni MDH davlatlari hududida legallashtirish ishlarini amalga oshiradi.
  • Buyurtmani rasmiylashtirish