• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Ishontiruv

Notarial xizmatlar bugungi kunda talab katta bo‘lgan xizmatlardandir. Gap shundaki, ba’zan mavqe’ci notarius tomonidan tasdiqlanmagunga qadar hujjat kuchga ega bo‘lmaydi.

Notarial amaliyotlar (hujjjatlarning ishontiruvi) matnli ma’lumotning aslligini tasdiqlash va barchaga u yuridik jihatdan ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatishga imkoniyat beradi. Lekin bundan ham muhimrog‘i – matn tarjimasining notarial ishontiruvidir, chunki tarjimaning o‘zi hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu tarjimaning sifati haqida hech narsa anglatmaydi, yuridik ahamiyatga ega emas, boz ustiga horijda ham amalga ega emas.

Tarjimani notarial ishontiruvi (tarjimon imzosining aslligini notarial tasdiqlash) – bu hujjatlarni rasmiy organlarga taqdim etish uchun ishontiruv amaliyotidir.

Notarial ishontiruv horijiy davlatlar bilan muloqot qiluvchilar, ya’ni horijga chiqish, horijiy hamkorlar bilan zarur axborot almashinuvi va xk.lar uchun juda muhim bo‘lgan xizmat hisoblanadi. Agar notarial ishontiruv boshqa mamlakatning davlat organiga taqdim etiladigan hujjat ustidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi legallashtirish va apostillash xizmatlarini (Qozog‘iston va Rossiya uchun) taklif etadi.

Bugungi kunda «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi quyidagi hujjatlarni davlat va xususiy tartibdagi notariuslar tomonidan notarial ishontiruvi xizmatini amalga oshirish imkoniyatiga ega:

* ro‘yxatga olish va ta’sis hujjatlari, moliyaviy hamda shartnoma hujjatlari, sertifikatlar va boshqa turdagi korporativ hujjatlar

* shaxsiy turdagi hujjatlar (masalan, tug‘ilganlik haqida guvohnomalar, ma’lumotnomalar, pasportlar, diplomlar va xk.)

* shuningdek bizning Markaz rasmiy mavqe’ga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan boshqa hujjatlarni ham notarial ishontiruv xizmatini amalga oshirishi mumkin.

Agar siz notarial ishontirish tarjimasini buyurtma qilsangiz, tarjima ustida zarur mavzu sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan tarjimon ish olib boradi. Notarial ishontiruvni esa bajarilgan tarjima sifatiga ishonchi komil bo‘lgan yuqori malakali notarius amalga oshiradi.

Ammo shuni qayd etib o‘tish lozimki, har bir bajarilgan tarjima ham ishontiruv amaliyotidan o‘tkazilmaydi. Notarial ishontiruv faqat tarjima qilingan hujjat qonunchilik talablari va nizomlariga mos kelsagina amalga oshiriladi.

Qator holatlarda notarial ishontiruv talab etilmasa, lekin shunga qaramay, bajarilgan tarjimaning aslligini ishontiruv zaruriyati mavjud bo‘lsa, biz Sizga tarjimani Markazimiz muhri bilan ishontiruv xizmatini taklif etishga tayyormiz.

«GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi aynan shunday ishlaydi!