• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

GAAGA konvensiyasi

Gaaga konvensiyasi. Apostilni tan oluvchi mamlakatlar ro‘yxati

Chet el rasmiy hujjatlarini legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktabr).

Mazkur konvensiyani imzolagan davlatlar, chet el rasmiy hujjatlarini diplomatik yoki konsullik legallashtiruvini bekor qilish maqsadida, ushbu munosabat bilan Konvensiya tuzishga qaror qiladilar va bunda quyidagi nizomlarni kelishdilar:

1 Modda

Ushbu Konvensiya kelishuvga qo‘shilgan davlatlarning birida tuzilgan va mazkur kelishuvdagi boshqa davlat hududida taqdim etilishi lozim bo‘lgan rasmiy hujjatlarga tatbiq etiladi. Mazkur Konvensiyada rasmiy hujjatlar sifatida quyidagi hujjatlar ko‘riladi: a) davlat yurisdiksiyasiga bo‘ysunadigan oargan yoki mansabdor shaxsdan, shu jumladan prokuratura, sud kotibi yoki sud ijrochisidan chiquvchi hujjatlar; b) ma’muriy hujjatlar; c) notarial daoloatnomalar; d) rasmiy qaydlar, ya’ni - ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi;ma’lum bir sanani tasdiqlovchi vizalar; notariusda qayd etilmagan hujjatdagi imzo ishontiruvlari. Shu bilan birga mazkur Konvensiya quyidagi hujjatlaga tatbiq etilmaydi: a) diplomatik yoki konsullik agentlari tomonidan bajarilgan hujjatlar; b) tijorat yoki bojxona amaliyotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taa’luqli bo‘lgan ma’muriy hujjatlar.

2 Modda

Kelishuvni imzolagan davlatlarning har biri Mazkur konvensiyada tatbiq etiluvchi va ushbu davlatlar hududida taqdim etilishi lozim bo‘lgan barcha hujjatlarni legallashtirishdan ozod qiladi. Mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan legallashtirish tushunchasi ostida mamlakatning diplomatik yoki konsullik agentlari tomonidan ushbu mamlakat hududida hujjatni imzolagan shaxsning imzosi haqiqiyligini, ushbu shaxsning tutgan o‘rni, bu hujjatga biriktirilgan muhr va shtamplarning haqiqiyligini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashda qo‘llaniluvchi rasmiy amaliyot tushuniladi.

3 Modda

Hujjatni imzolashda ishirok etgan shaxsning imzosini, uning tutgan o‘rni, va o‘rnatilgan tartibda ushbu hujjatga biriktirilgan muhr va shtamplarning haqiqiyligi tasdiqlashda talab etilishi mumkin bo‘lgan yagona rasmiyatchilik – 4 Moddada ko‘zda tutilgan, hujjat bajarilgan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qo‘yilishi talabi hisoblanadi. Biroq, hujjat taqdim etilgan davlatda amal qiluvchi qonunlar, qoidalar yoki urf-odatlar, yoxud ikki yoki bir necha davlatlar o‘rtasidagi kelishuvlarga ko‘ra mazkur amaliyot bekor qilinsa yoki soddalashtirilsa yoki hujjat legallashtirishdan ozod qilinsa, avvalgi abzatsda qayd etib o‘tilgan amaliyotning bajarilishi talab etilmasligi mumkin.

4 Modda

3 Moddaning birinchi abzatsida ko‘zda tutilgan apostil hujjatning o‘ziga yoki hujjatga biriktirilgan alohida varaqda qo‘yiladi; u mazkur Konvensiyaga ilova qilingan namunaga mos kelishi lozim. Biroq u apostil berayotgan organdagi rasmiy tilda ham tuzilgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, undagi bandlar ikkinchi tilda ham bayon etilgan bo‘lishi mumkin. "Apostille (Convention de la Haye du 5 octobre 1961)" sarlavhasi fransuz tilida bo‘lishi lozim.

5 Modda

Apostil hujjatni imzolagan shaxsning yoki har qanday hujjatni taqdim etuvchi shaxsning iltimosnomasiga asosan qo‘yiladi. O‘rnatilgan tartibda to‘ldirilgan ushbu hujjat, hujjatni imzolagan shaxsning imzosini, uning tutgan o‘rnini va zarur holda, ushbu hujjat bilan biriktirilgan muhr va shtampning haqiqiyligini tasdiqlaydi. Apostilda qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp hech qandan ishontiruvni talab etmaydi.

6 Modda

Kelishuvni imzolayotgan har bir davlat ,o‘z rasmiy vazfalarini hisobga olgan holda, 3 – moddaning birinchi abzatsida ko‘zda tutilgan apostil qo‘yish uchun vakolat beriladigan organlarni tayinlaydi. Bu davlat ushbu tayinlash haqida o‘z ratifikatsiya yorlig‘ini yoki qo‘shilish haqidagi yorliqni saqlash uchun topshirish, yoki amal qilish boshlanganligi e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran Niderlandiya tashqi ishlar Vazirligini xabardor qiladi. Shuningdek bu davlat ushbu organlarning tayinlanishidagi har qanday o‘zgarishlar haqida Vazirlikni xabardor qiladi.

7 Modda

6-modda asosida tayinlangan organlarning har biri qo‘yilgan apostillarni ro‘yxatga oluish uchun yozuvlar kitobini yoki kartochkasini yuritishi lozim, bunda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: a) apostil qo‘yilish tartib raqami va sanasi; b) rasmiy hujjatni imzolagan shaxsning familiyasi va ushbu hujjatda tutgan o‘rni, imzolanmagan hujjatlarga nisbatan esa – muhr va shtamp qo‘ygan organ ko‘rsatiladi. Istalgan manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra, apostil qo‘ygan organ ushbu ro‘yxatga olish kitobi yoki kartochkasida amalga oshirilgan yozuvlar mos kelishini tekshirib berishi shart.

8 Modda

Agar kelishuvdagi bir necha davlat o‘rtasida tarkibida imzo, muhr yoki shtampni tasliqlash uchun ma’lum bir rasmiyatchilik nizomlarni ko‘zda tutuvchi shartnoma, konvensiya yoki kelishuv imzolangan bo‘lsa, agar unda ko‘rsatilgan nizomlar ushbu Konvensiyaning 3 va 4 moddalarida ko‘rsatilgan rasmiyatchilikka nisbatan talabchanroq bo‘lgan holatlardagina mazkur Konvensiya nizomlaridan chetlanish ko‘zda tutilishi mumkin.

9 Modda

Kelishuvdagi har bir davlat o‘zining diplomatik yoki konsullik agentlari mazkur Konvensiya legallashtirishdan ozod qilgan holatlarda legallashtirishni amalga oshirmasliklari uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar.

10 Modda

Mazkur Konvensiya Gaaga konferensiyasining xalqaro xususiy huquq bo‘yicha o‘tkazilgan o‘ninchi sessiyasida taqdim etilgan davlatlar, shuningdek Irlandiya, Islandiya, Lixtenshteyn va Turkiya tomonidan imzolanishi uchun ochiqdir. Konvensiya ratifikatsiya etilishi, va ratifikatsiya yorliqlari Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligiga saqlanishi uchun topshirilishi lozim.

11 Modda

Mazkur Konvensiya 10-moddaning ikkinchi abzatsida ko‘zda tutilgan uchinchi ratifikatsiya hujjatlarini saqlash uchun topshirilgan kundan so‘ng oltmishinchi kunidan e’tiboran kuchga kiradi. Konvensiyani imzolagan va uni kechroq ratifikatsiya qilgan har bir davlat uchun Konvensiya uning ratifikatsiya yorliqlarini saqlash uchun topshirgan kundan so‘ng oltmishinchi kundan boshlab kuchga kiradi.

12 Modda

10-moddada qayd etilmagan har qanday davlat 11-moddaning birinchi abzatsiga ko‘zda tutilgan hujjatlar kuchga kirganidan so‘ng mazkur Konvensiyaga qo‘shilishi mumkin. Qo‘shilganlik haqidagi hujjat Niderlandiya Tashqi ishlar Vazirligiga saqlash uchun topshiriladi. Qo‘shilayotgan mamlakat va kelishayotgan mamlakatlar o‘rtasida munosabatlardagina amalda bo‘ladi, agarda ular 15 moddaning «d» bandida ko‘zda tutilgan xabarnomani olganlaridan so‘ng olti oy ichida bunga qarshi fikr bildirmasalar. Bunday qarshi fikr haqidagi xabarnoma  Niderlandiya Tashqi ishlar Vazirligiga yuboriladi. Konvensiya qo‘shilgan davlat va qo‘shilishga qarish fikr bildirmagan mamlakatlar o‘ratsida, avvalgi abzatsda qayd etib o‘tilgan olti oylik  muddat o‘tganidan keyingi olmishinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi *.

13 Modda

Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish vaqtida har qanday davlat, ushbu Konvensiya bu davlatning xalqaro miqyosda taqdim etadigan barcha hududlarda, yoxud ushbu hududlarning biri yoki ba’zi birlarida joriy etilishi haqida ariza berishi mumkin. Ushbu ariza mazkur davlat uchun Konvensiya kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran amalda deb hisoblanadi. Keyinchalik Niderlandiya Tashqi ishlar Vazirligi har qanday shu turdagi harakat haqida xabardor qilinadi. Agar amal qilish ko‘lami haqidagi ariza Konvensiyani imzolagan a ratifikatsiya qilgan davlat tomonidan berilgan bo‘lsa, u holda ushbu ariza unda ko‘rsatilgan hududlarga nisbatan 11 modda nizomlari asosida kuchga kiradi. Agar amal qilish doirasining ko‘lami haqidagi ariza Konvensiyaga qo‘shilgan davlat tomonidan berilgan bo‘lsa, bu ariza unda ko‘rsatilgan hududlarga nisbatan 12 modda nizomlari asosida kuchga kiradi.

14 Modda

Mazkur Konvensiya 11 moddaning birinchi abzatsiga muvofiq kuchga kirgan sanadan boshlab,  shu jumladan Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga keyinchalik qo‘shilgan davlatlarga nisbatan ham besh yil davomida amal qiladi. Agar Konvensiya bekor qilinmasa, uning amal qilish muhlati tomonlarning e’tirozsiz roziligi asosida har keyingi besh yilga uzaytiriladi. Niderlandiya Tashqi ishlar Vazirligi bekor qilinganlik haqida besh yillik muhlat chiqmasidan kamida olti oy oldin xabardor qilinadi. Bekor qilinish Konvensiya amal qiladigan hududlarning ba’zilari bilan cheklanishi mumkin. Bekor qilish faqat bu haqda e’lon qilayotgan davlatga nisbatan kuchga ega. Konvensiya kelishuvdagi boshqa davlatlarga nisbatan kuchda qoladi.

15 Modda

Niderlandiya Tashqi ishlar Vazirligi 10 moddada qayd etilgan davlatlarni, shuningdek 12 modda nizomlari bilan qo‘shilgan davlatlarni quyidagilar haqida xabardor etadi: a) 6-maoddaning ikkinchi abzatsida qayd etilgan xabarlar haqida; b) 10-moddada qayd etib o‘tilgan imzolash va ratifikatsiya qilishlar haqida; c)11 modda birinchi abzatsi nizomlari asosida ushbu Konvensiyaning kuchga kirish sanasi haqida; d) 12 moddada qayd etib o‘tilgan qo‘shilishlar va e’tirozlar, va qo‘shilishning kuchga kirish muddati haqida; e) 13 moddada qayd etib o‘tilgan amal qilish ko‘lami, va uning kuchga kirish sanasi haqida ; i) 14 abzatsning uchinchi abzatsida qayd etib o‘tilgan bekor qilishlar haqida.

Ushbuni tasdiqlash maqsadida quyida, o‘rnatilgan tarzda vakolatlangan imzo chekuvchilar, mazkur Konvensiyani imzolashdi.

Gaagada 1961 yil 5 oktabrda fransuz va ingliz tillarida (matnlar orasida farq mavjud bo‘lsa, afzallik fransuz tilidagi matnga beriladi), yagona namunada amalga oshirilgan bo‘lib, u Niderlandiya Hukumati arxivlariga saqlash uchun topshiriladi va tasdiqlangan nusxasi diplomatik yo‘llar bilan Gaaga konferensiyasining xalqaro xususiy huquq borasidagi to‘qqizinchi sessiyasida taqdim etilgan davlatlarning har biriga, shuningdek Irlandiya, Islandiya, Lixtenshteyn va Turkiyaga ham yuboriladi.

Izohlar:

- Gaaga konvensiyasining 13 moddasiga ko‘ra, Buyuk Birtaniya hukumati 21.08.1964y. va 24.02.1965y. da Konvensiyaning quyidagi hududlarda amal qilishi haqida ariza bilan ma’lum qildi:

Djersi

Beyliuik Gernsi

Men oroli

Bermudlar

Britaniya Antarktika hududi (Argentina bilan bahsda)

Kayman orollari

Folklend orollari (Argentina bilan bahsda)

Gibraltar

Gonkong (ayni vaqtda Xitoy yurisdiksiyasi ostiga o‘tgan)

Montserrat

Muqaddas Yelena

Terk va Kaykos orollari

Virgin orollari

(Bundan tashqari, ko‘rsatilgan arizalarda ayni vaqtda mustaqillikka erishgan qator hududlar qayd etib o‘tilgan.)

- Niderlandiya qirolligi 1967 yilning 1 martida Konvensiya 1966 yil 30 apreldan boshlab Niderlandiyaning Antil orollarida amal qilishi haqida ariza bilan ma’lum qildi.