• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Bizning afzalliklarimiz

Samarali muloqotlarsiz samarali faoliyat ko‘rsatishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Zamonaviy globallashgan dunyoda istalgan vaqtda boshqa xalq va madaniyat vakillari bilan muloqot qilish, zarur hujjatlarni tarjima qilish va chet tili bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatlarga zaruriyat tug‘ilib qolishi mumkin. «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi bunda Sizga yordamga kelishga tayyor!

BIZNING AFZALLIKLARIMIZ

  • Professionallik
  • Tezkorlik
  • Maxfiylik
  • Ish sifati
  • Alohida yondashuv
  • Qulaylik

 Professionallik

Bizning agentlikda ishlash uchun faqat yuqori toifali ish tajribasiga ega bo‘lgan tilshunos mutaxassislar jalb etiladi. Tarjimonlarimiz qat’iy professinal tanlovdan o‘tadilar va o‘z kasbiy loyiqligini isbotlaganalaridan so‘ng ishga kirishadilar. Xodimlarning yuqori professionalligi, keng xizmatlar ko‘lami, buyurtmani tezkor bajarish, a’lo darajadagi texnik ta’minlanganlik, ofislarimizning markazda joylashganligi, va yuqorida qayd etilganlar hisobiga erishiladigan qulay xizmatlar - «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazini tillar tarjimalari sohasidagi yuqori professional kompaniyalar sifatida alohida ajratib turuvchi muhim omildir.

Tezkorlik

Biz eng shoshilinch buyurtmalarni qabul qilish va bajarishga doim tayyormiz. «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi katta hajmdagi shoshilinch tarjimalarni bajarish uchun yetarli imkoniyatlar va katta texnik vositalarga ega. Buyurtmangizni o‘rgangan holda, bizning menejerlarimiz, muvofiqlashtiruvchilarimiz va tarjimonlarimiz uni Siz uchun qulay muddatda va yuqori darajada bajarish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga soladilar. Aniq tashkillashtirilgan, tekshirilgan va tizimlashtirilgan jamoada ishlash, materialni o‘ziga xos ravishda qayta ishlash natijasi o‘laroq, Kompaniya xodimlari ishni doimo aniq muddatlarda bajaradilar. Tarjima davomida materialni qayta ishlash tizimi, shuningdek tarjima jarayonining o‘zi kompaniyaning 16 yillik ish davri davomida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Maxfiylik

Biz mijozlarimizga axborotning to‘liq xavfsizligi va butunligini kafolatlaymiz – ularning roziligisiz tarjima qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar va ularning tarkibini, ularning mualliflari va manba’sini hech kim bila olmaydi. 16 yillik ish davomida mijozlarimiz taqdim etilayotgan xizmatlarning maxfiyligi va asl hujjatlarning butunligiga ishonch hosil qilishgan. Tarjima davomida kompaniyada bo‘lgan hujjatlar ma’lum bir xodimlar tomonidan nazorat ostida bo‘ladi. Tarjima uchun mo‘ljallangan barcha materiallar va hujjatlar uchun seyflar ko‘zda tutilgan va ushbu materiallar va hujjatlardan foydalanish uchun maxsus xodimlar biriktirilgan. Qayta ishlashning har bir bosqichi ichki qo‘shimcha ro‘yxat hujjatlarisiz yuritilmaydi. Bu nafaqat maxfiylikni, balki tarjimaga topshirilgan barcha materiallarning butunligini ta’minlaydi.

Ish sifati

Mijozning bajarilgan buyurtmadan qoniqqanligi biz uchun baholashning bosh mezonidir. Biz turli mavzulardagi tarjimalarni bajaramiz: yuridik, texnik, tibbiy, adabiy, iqtisodiy va xk. mavzudagi tarjimalar. Tarjimonlarimiz o‘z sohasida yuqori toifali mutaxassislar hisoblanadi, ularning ko‘pgina qismi bir necha chet tillarini biladilar, bu o‘z o‘rnida ko‘p tillik loyihalarni bajarishga imkoniyat beradi. Ba’zi tarjimalar til sohiblari tomonidan amalga oshiriladi. Sizning buyurtmangiz nafaqat yuqori til darajasida, balki tarjimag mavzusinining barcha xususiyatlari ko‘zda tutilgan holda bajarilishiga ishonch hosil qilasiz. Tillar tarjima Markazimizga beradigan buyurtmangizning xajmi bo‘yicha bizda cheklovlar mavjud emas.

Alohida yondashuv

Ish davomida biz birinchi navbatda Sizning va faoliyatingizning asl manfaatlarini hisobga olamiz. Biz ishimizni Sizning istak va talablaringizdan kelib chiqqan holda bajaramiz.

Qulaylik

Siz tarjimani uydan yoki ofisdan chiqmasdan, on-layn buyurtma shakli vositasida buyurtma qilishingiz yoki xodimimizni o‘z ofisingizga chaqirtirishingiz mumkin. Tayyor tarjimani biz Sizning elektron pochtangizga yuborishimiz mumkin. Buyurtma to‘lovini Visa, Master Card, bank pul o‘tkazmasi, «Yandeks dengi», WebMoney, PayPal tizimlari orqali amalga oshiringiz mumkin.