• Bosh sahifaga
  • Русский
  • English
  • Кыргызча
  • Қазақша
  • Azərbaycan
  • Ўзбекча
  • Uzbekcha
  • Deutsch
  • Белару́сский
  • Latviešu valoda
  • 中文
  • العربية

GMC

Tuzilma

«GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi asosiy tamoyili – yuqori sifatli tarjimaga erishish bo‘lib, u boshqaruv, tarjimonlik va tahrirlash tajribalarini birlashtira olganimiz evaziga erishiladi. Biz ushbu sohada xodimlarning o‘rni naqadar muhimligini tushunamiz. Shuning uchun Tillar tarjima Markazining xodimlarini yuqori malakali mutaxassislar tashkil etadi. Ko‘p bosqichli tanlov tizimi bizda ishlaydigan xodimning haqiqiy Professional ekanligiga ishonch hosil qilishga imkoniyat yaratadi.

Bizga murojaat qilib, Siz o‘zingizni bamaylihotir his qilishingiz mumkin: bizning menejerlarimiz, xoh u yirik loyiha bo‘lsin yoki bir necha varaq tarjimasi bo‘lsin, bo‘lg‘usi tarjimaning barcha jihatlarini muhokama qilishga tayyordirlar. Xodimlarimizning yuqori professionalligi turli mavzudagi va hajimdagi matnlarni tarjima qilishga imkoniyat yaratadi. Bizning tarjimonlarimiz, tor ixtisoslikka ega bo‘lgan holda, hujjatni berilgan sohadagi atamalar va uslubga rioya qilgan holda tarjima qiladilar. Muharrirlarimiz matnni o‘qib tekshirib chiqadilar va Siz tugal natijaga ega bo‘lasiz.

Kompaniyada yuqori sifatili tarjimaga erishish imkoniyatini yaratadigan ma’lum bir texnologiya mavjuddir, shu bilan birga biz takomillashishni davom ettirmoqdamiz. Kompaniyaning alohida tarkibiy tuzilishi Sizning buyurtmangizning har bir bosqichi uchun aynan shu bosqichda eng puxta bilimga ega bo‘lgan xodimni jalb etish imkoniyatini yaratadi.

  • Shunday qilib, birlamchi muloqot bosqichida mijozlar bilan ishlash bo‘limida Siz bilan mijozlar bilan ishlash menejeri ishlaydi. Har bir mijozga uning barcha nozik jihatlarni biladigan, ya’ni buyurtmangiz tarjimasi uchun zarur bo‘lgan tarjimaning ustuvor yo‘nalishlari (ya’ni, mijozni  birinchi navbatda qaysi mavzudagi tarjima qiziqtiradi, texnik, yuridik, tibbiy tarjima kerakmi va xk.), shaxsiy hujjatlarni tarjimasi kerakmi, og‘zaki tarjimonlar, kuryer va yana ko‘pdan-ko‘p Siz uchun muhim bo‘lgan boshqa xizmatlar talab etilishi haqida barcha tafsilotlardan xabardor bo‘lgan o‘z menejeri biriktiriladi.
  • So‘ngra Sizning buyurtmangiz muvofiqlashtirish bo‘limiga o‘tkaziladi. Markazning muvofiqlashtiruvchilari oliy tilshunoslik ma’lumotiga egadirlar, bu esa ularga buyurtmani malakali tarzda baholash va uni eng yaxshi bajaruvchiga topshirish imkoniyatini yaratadi. Butun tarjima jarayoni muvofiqlashtiruvchining nazorati ostida olib boriladi – zarur holda u tarjimonga ish jarayonida yuzaga kelgan biror-bir savollarni hal etishda yordam beradi, va mijoz uchun eng muhimi – buyurtmaning bajarilish muddatini kuzatib boradi.
  • Tarjima jarayoni tarjimalar bo‘limida mazkur sohaga ixtisoslashgan tarjimon tomonidan amalga oshiriladi. «GMC Translation Service» Tillar tarjima Markazi bilan hamkorlik qiluvchi tarjimonlar asosiy tilshunoslik ma’lumotidan tashqari ular tarjima qiladigan sohada qo‘shimcha ma’lumotga yoxud katta ish tajribasiga egadirlar. Shu tarzda, biz istalgan mavzudagi matnlar tarjimasini yuqori darajada amalga oshiramiz: yuridik, texnik mavjudagi, umum-adabiy tarjimalar.
  • Shundan so‘ng matn terish va matn musahhihligi bo‘limida qayta ishlanadi.Musahhihlik tahriri juda muhim o‘ringa ega. Chunki ko‘p hollarda qisqa muddatlarda katta hajmdagi tarjimalar bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keladi, bunda aynan «teran nazar tashlash»gina har qanday tajribali tarjimonning ishini qayta tekshirishga imkon beradi. Bundan keyin buyurtmachining materiali muharrirlash tomonidan qayta ishlanadi.
  • Ishontiruv va yuridik ko‘mak bo‘limida Siz hujjatlar ishontiruvi borasidagi barcha qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat olishingiz mumkin.
  • Dizaynerlar bo‘limi xodimlari yordamida, Sizning istagingizga ko‘ra tarjima qilingan materialni nafaqat elektron ko‘rinishda, balki berilgan asl nus’haga birga-bir mos tarzda ishlangan ko‘rinishda, material shakli, rangi, qog‘oz sifati va boshqalarni e’tiborga olingan holda taqdim etilishi mumkin. Siz o‘z buyurtmangizni broshura, kitob, jurnal, bukletlar va ko‘plab boshqa ko‘rinishlarda Siz tanlagan chet tilida olishingiz mumkin.
  • Sizga qulaylik tug‘dirish maqsadida kuryerlik aloqasi bo‘limi xodimlari buyurtmangizni shaharning istalgan nuqtasiga yetkazib berib, vaqtingizni tejashga imkoniyat yaratadilar.